Qabulda 4 ta sektor hududida istiqomat qiluvchi aholi o‘z murojaatlari bilan keldilar.
Jarayonda fuqarolarning murojaatlari tinglanib, aksar murojaatlar joyda hal etildi.
Jumladan, fuqaro A.G. sog‘ligida bir qator muammolar borligini, davolanish uchun imkoniyati yo‘qligini bildirdi. 

Fuqaro shu kunning o‘zida davolanishi uchun kasalxonaga joylashtirildi.

 

Bundan tashqari, fuqaro S.M moddiy yordam kerakligi sabab murojaat bilan chiqdi.  Mazkur fuqaroning murojaati mas’ullar tomonidan shu joyning o‘zida o‘rganilib, unga moddiy yordam ajratildi.

Shuninndek, fuqaro R.A. tikuvchilik bilan shug‘ullanish istagi borligini, ammo unda tikuv mashinasi yo‘qligini bildirib o‘tdi. Shunga ko‘ra fuqaroga tikuv mashinasi taqdim etildi. 

O‘rganish uchun muddat talab etiluvchi murojaatlar ijrosi tuman hokimi tomonidan nazoratga olingan holda, ularni hal etish bo‘yicha mas’ullarga ko‘rsatmalar berildi.

Bo‘ston tumani hokimligi matbuot xizmati

Yangilikni do'stlarga ulashing!

Ko'rishlar: 97 | Joyladi: gtatarin | Teglar: фуқаролар қабули, Сайёр қабул, С.Носирова | Reyting: 0.0/0
Saytga baho bering!
Ovoz berildi: 19