Bo‘ston tumanidagi jismoniy va yuridik shaxslarning muammolarini o‘rganish va hal etish maqsadida tuman hokimligida sayyor qabul o‘tkazildi. Fuqarolarning murojaatlari birma-bir tinglandi. Ochiq va samimiy muloqot tarzida kechgan qabulda uy-joy, gaz, elektr energiya, moddiy yordam, bandlik, sog‘liqni saqlash, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, imtiyozli kredit olish va shu kabi boshqa masalalarga oid murojaatlar ko‘rib chiqildi.
Qabul davomida barcha murojaatlar tegishli tartibda ro‘yxatga olinib, mas’ullar tomonidan murojaatlar joyida hal etilib, ayrim murojaatlarga huquqiy maslahat va tushunchalar berildi. Muddat talab etiluvchi murojaatlar esa hal etish uchun tegishli mutasaddilarga biriktirilib, nazoratga olindi.

Bo‘ston tumani hokimligi matbuot xizmati
Yangilikni do'stlarga ulashing!

Ko'rishlar: 91 | Joyladi: gtatarin | Teglar: фуқаролар қабули, қабуллар, С.Носирова, Бўстон тумани | Reyting: 0.0/0
Saytga baho bering!
Ovoz berildi: 19