So'ngi xabarlar:
Andijonda g‘alla hosilini yig‘ib olish mavsumi o‘tib bormoqda. Hosilni betalofat yig‘ib olish bo‘yicha viloyatimiz rahbari boshchiligidagi mutasaddilar, serg‘ayrat dehqon va fermerlar, shuningdek, qishloq xo‘jaligi sohasining ko‘plab mehnatkashlari tomonidan zarur harakatlar tashkil etilgan. Yaratganning inoyati ila, elimiz dasturxonining barokatlardan biri sanalgan g‘alla hosili rejasi bo‘yicha viloyatimiz 100 foizlik ko‘rsatkichni bosib o‘tdi. Bu yil Andijonimizda jami 70 ming 152 gektar yer maydonida g‘alla parvarishlanib, 669 ming 600 tonna hosil yig‘ib olish rejasi belgilangan. Kuni kecha, 2 iyul kuni boshidagi ko‘rsatkichlarga asosan 100,2% natija qayd etildi va bugun ushbu ko‘rsatkich 103% dan yuqorilayotgani kuzatilmoqda. Andijon viloyati hokimligi g‘alla yetishtirish va yig‘ib olishda o‘z mehnatini bag‘ishlagan, faollik ko‘rsatgan barcha insonlarni erishilgan natijalar bilan samimiy qutlab qoladi. Sahifa: @sh_abdurahmonov | |
Yangilikni do'stlarga ulashing!Ko'rishlar: 95 | | | |
Video lavhalar
Do’stlik mahallasi bugun yangicha qiy...
2024/Iyul/08, 07:40
Kengashning tashkiliy yig‘ilishi bo‘l...
2024/Yanvar/15, 17:01
Bo’ston tumani hokimi tumanimizdagi f...
2024/Yanvar/01, 08:47
Yangi yil arafasida yana bir maktab f...
2023/Dekabr/31, 00:24
(Auz.uz) Бўстон тумани ҳокимаси Саноб...
2023/Sentyabr/03, 20:58